Angren IESda nosozlik yuzaga keldi. Vazir hodisa joyiga bordi
Toshkent viloyatidagi Angren issiqlik elektr stansiyasining energoblokida nosozlik yuzaga keldi. Ushbu nosozlikni bartaraf etish ishlarini jadallashtirish maqsadida Energetika vaziri boshchiligida vazirlik rahbariyati zudlik bilan mazkur stansiyaga yetib bordi.
Nosozlikni bartaraf etish bo‘yicha maxsus brigada tashkil etildi va ishlarni jadallashtirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berilgan.
Maxsus ta’mirlash brigadasi tomonidan qozondagi nosozlikni bartaraf etish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.
Ta’mirlash ishlari qisqa vaqt ichida yakunlanadi va shaharga issiqlik energiyasi yetkazib berilishi qayta tiklanadi, deyiladi vazirlik xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter