Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Angliya va Italiya termalari antirekord qayd etdi

Angliya va Italiya termalari antirekord qayd etdi

Kecha Yevropa millatlar ligasi 4-tur o‘yinlari doirasida Angliya va Italiya terma jamoalari yirik hisobda mag‘lubiyatga uchragan va antirekord qayd etgan.

Angliya o‘z uyida Vengriyaga 0:4, Italiya esa mehmonda Germaniyaga 5:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan. Bunda inglizlar 4 ta to‘p farqi bilan yutqazish, italyanlar 5 ta gol o‘tkazib yuborish bo‘yicha antirekord o‘rnatgan.

1928 yilda Shotlandiya mehmonda Angliyani 5:1 hisobida tor-mor keltirgan. Bu 94 yildan keyingi antirekorddir.

Italiya 1957 yilda Markaziy Yevropa kubogida Yugoslaviyaga 6:1 hisobida yutqazgan. Bu 65 yildan keyingi antirekorddir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring