Buyuk Britaniya davlat raqamli xizmatlari bilan Anglashuv memorandumi imzolandi
O‘zbekiston elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi va Buyuk Britaniya davlat raqamli xizmatlari o‘rtasida raqamli hukumat sohasida hamkorlik bo‘yicha Anglashuv memorandumi imzolandi.
Davlat raqamli xizmatlari (GDS – Government Digital Services) 2011-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Buyuk Britaniya vazirlar kengashi ijroiya apparati tarkibida davlat xizmatlarini raqamli transformatsiyalash bilan shug‘ullanadi.
Tomonlar mamlakatimizning raqamli taraqqiyot poydevorlarini mustahkamlash, uning raqamli salohiyatini rivojlantirish, foydalanuvchilarga yo‘naltirilgan elektron xizmatlarni joriy etish, barqaror va moslashuvchan davlat xizmatlarini yaratish masalalariga e’tibor qaratishdi.
Memorandum doirasida britaniyaliklar keng foydalaniladigan, oddiy va qulay yanada sifatli raqamli davlat xizmatlarini tatbiq etish hamda raqamli ko‘nikma va imkoniyatlarni rivojlantirishda har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirishdi.
Ma’lumot uchun: Birlashgan Millatlar Tashkiloti 2020 yilda e’lon qilgan elektron hukumatlar reytingida Buyuk Britaniya jahonda 7-o‘rinni egallagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter