Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zatom» «Rosatom» akademiyasi bilan anglashiluv memorandum imzoladi

«O‘zatom» «Rosatom» akademiyasi bilan anglashiluv memorandum imzoladi

Joriy yilning 13-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi («O‘zatom» agentligi), «Rosenergoatom konserni» AJ va «Rosatom» qo‘shimcha kasbiy ta’lim avtonom notijorat tashkiloti (QKT, ANT) «Rosatom texnika akademiyasi» o‘rtasida o‘zaro anglashiluv memorandumi imzolandi.

Mazkur hamkorlikning asosiy maqsadlaridan biri, O‘zbekistonning milliy yadro infratuzilmasini rivojlantirish va keng ommani texnologiyalar va ular bilan bog‘liq yangiliklar bilan yaqindan tanishtirishdan iborat.

Memorandumga «O‘zatom» agentligi bosh direktori Jo‘rabek Mirzamahmudov, «Rosenergoatom konsern» AJ bosh direktori Andrey Petrov va «Rosatom texnika akademiyasi» QKT ANT rektori Yuriy Seleznyov imzo chekdilar.

Ushbu kelishuv bir qancha yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni amalga oshirishga qaratilgan bo‘lib, bular orasida, O‘zbekistonda malakali o‘qituvchilarni tayyorlash, Rossiya atom elektr stansiyalariga texnik sayyohatlar uyushtirish va keng miqyosdagi simulyator va laboratoriyalarga tashrif buyurishni o‘z ichiga oluvchi Rossiya AESlarining maxsus o‘quv markazlarida amaliyot o‘tashni tashkil qilish kabi masalalar asosiy o‘rinda turadi. Shu bilan birgalikda, memorandumda, O‘zbekistonlik mutaxassislarning AEXA va Rosatom texnik akademiyasining birgalikda amalga oshirayotgan loyihalarida ishtirok etish masalalari ham ko‘zda tutilgan.

Bu hamkorlik O‘zbekistonga Rosatom Texnika akademiyasidan mamlakat yadro dasturining barcha bosqichlari uchun mutaxassislar tayyorlashda ekspert yordamini olish imkonini beradi.

Memorandum imzolanganidan so‘ng tomonlar bir qator qo‘shma tadbirlarni amalga oshirishadi. Jumladan avgust oyida Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tadigan AEXAning tadqiqot reaktorlari bo‘yicha maktabida o‘zbekistonlik mutaxassislarning ishtiroki ushbu hujjatning amaliy misolidir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring