Angela Merkelning niqob taqishni unutib qoldirganidan so‘ng shoshib qolgani aks etgan video virus kabi tarqaldi (video)
Germaniya kansleri Angela Merkelning Bundestag tribunasida niqobini unutib qoldirganidan so‘ng shoshib qolgani aks etgan video tarmoqda 3 milliondan ortiq ko‘rildi. Germaniya hukumati yig‘ilishlaridan biri tasvirlangan video @GotfrydKarol foydalanuvchisi tomonidan «Twitter»ga joylangan.
Videoda yaqinda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishlardan birida siyosatchi nutqini tugatib joyiga o‘tirgani va nutq so‘zlash paytida yechib qo‘ygan niqobini taqishni unutganini birdan esiga tushib qolgani aks etgan. Merkel stuldan sakrab turib, tribuna tomon shoshiladi va o‘zining shaxsiy himoya vositasini oladi.
Qizig‘i, kansler nutqini tugatganidan so‘ng podiumni artayotgan qiz niqobni olib ketmoqchi bo‘lib turgandi.
10-fevral kuni Germaniya hukumati koronavirus pandemiyasi sharoitida mamlakatda joriy qilingan karantin choralarini 7-martgacha uzaytirdi. Shu bilan birga, hukumat bir qator karantin qoidalarini yengillashtirish choralarini amalga oshirdi. Jumladan, 1-martdan barcha sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilgan holda sartaroshxonalar ishga tushadi.
«Worldometer» xalqaro statistika byurosi ma’lumotlariga ko‘ra, infeksiya tarqala boshlanganidan buyon Germaniyada 2 372 209 ta koronavirus holati qayd etildi, 67 547 kishi vafot etdi, 2 176 300 bemor tuzaldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter