Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Angela Merkel Germaniya kansleri lavozimiga tasdiqlandi

Angela Merkel Germaniya kansleri lavozimiga tasdiqlandi

Bir muddat muqaddam Angela Merkel to‘rtinchi bor kansler lavozimiga saylangandi.

Foto: «Reuters»

Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer Angela Merkelni kansler lavozimiga tasdiqladi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Kanslerni tayinlash marosimi Berlinda, Belvyu saroyidagi prezident qarorgohida bo‘lib o‘tdi.

Bir muddat muqaddam Angela Merkel to‘rtinchi bor kansler lavozimiga saylangandi.

Ma’lumki, Germaniyada birinchi raqamli shaxs kansler hisoblanadi. Mamlakat prezidenti esa ramziy vakolatlarga ega. Shunday vakolatlardan biri saylovlar natijasiga ko‘ra yetakchini kansler lavozimiga tayinlashdir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring