Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Android-qurilmalarda xavfli bo‘shliq aniqlandi

Android-qurilmalarda xavfli bo‘shliq aniqlandi

Foto: «iXBT.com»

Kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislar Android platformasida ishlovchi millionlab qurilmalarga ziyon yetkazish xavfi mavjud zaif nuqtani topishdi. Bu haqda «Project Zero» saytida xabar berildi.

Ekspertlar muammoga yuqori xavfli darajasini berishdi. Xabarga ko‘ra, zaif nuqtani Qualcomm Adreno protsessorining drayverida topishgan. Foydalanuvchining qurilmasi strukturasi yadro (KGSL) grafikasini qo‘llovchi darajadagi fayllar deskriptori bilan aloqaga kirishganda mana shu «bo‘shliq» hosil bo‘ladi.

Shunga qaramasdan, mutaxassislar, ushbu bo‘shliq orqali qurilmaga hujum qilish amalda ancha murakkaligini ham ta’kidlashmoqda. Ta’kidlanishicha, Qualcomm ushbu xabarlarga darhol javob berib patch chiqargan, u kelgusi yilning yanvaridan keng foydalanuvchilar uchun ochiladi. Biroq ayrim mutaxassislar bu chora yetarli emas deyishmoqda, qurilmalarga hujum xavfi saqlanib qoladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring