Andijonning uch tumanida yer qimirladi
Bugun, 14-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 13:01 da Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘ldi.
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra, zilzila koordinatalari: 40,51 gradus shimoliy kenglik; 72,69 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3. Chuqurlik 20 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 304 km janubiy-sharqda.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
Xo‘jaobod tumanida 2-3 ball, 17 km.
Buloqboshi tumanida 2-3 ball, 20 km.
Jalaquduq tumanida 2 ball, 25 km.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida yer qimirlashi qayd etilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter