Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonning ikki tumanida hokimlar o‘zgardi

Andijonning ikki tumanida hokimlar o‘zgardi

Xo‘jaobod va Paxtaobod tumanlari hokimlari tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

O‘tkirbek Shukurov Xo‘jaobod tumani hokimi vazifasiga tayinlandi. U tayinlovga qadar Andijon viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Andijon viloyati Markaziy bankiga rahbarlik qilib kelgan Elyorbek Usmonov Paxtaobod tumani hokimi etib tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mo‘minov Nasibullo Nabiyevich Andijon viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani xabar qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring