Andijonlik talabalar 140 ming AQSh dollari yutib olishdi
Andijon davlat universiteti talabalari o‘z ustozlari bilan birga «Qayta tiklanadigan energiya manbalari fizikasi va atrof-muhit barqarorligi bo‘yicha magistrlik dasturini takomillashtirish orqali talabalarning ijodiy va innovatsion faoliyatini rag‘batlantirish» loyihasi uchun 140 ming AQSh dollari yutib oldi.
Loyiha Akademik innovatsiyalar fondi tomonidan e’lon qilingan innovatsion loyihalar tanlovi doirasida Jahon banki mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Loyiha mamlakatimizda qayta tiklanadigan energiya yaratish bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga yordam beradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter