Andijonlik shaxs tomdan tushgan yomg‘ir suvi bahonasida qo‘shnisini g‘isht bilan urdi
2020 yil 20 aprel kuni soat 12:30 da 53 yoshli K.M. Paxtaobod tumani Sanoat MFY Ittifoq ko‘chasida qo‘shnisi 39 yoshli A.E. bilan yashash xonadoni tom qismidan yomg‘ir suvlari tushayotganligi sababli o‘zaro gap tortishib, janjallashib qoladi. Janjal vaqtida A.E. g‘isht bo‘lagi bilan K.M. ni urib tan jarohati yetkazgan.
Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish davomida bir dona g‘isht bo‘lagi ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olinib, K.M. ning tan jaroxati darajasini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Sud-tibbiy ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, K.M. ga «og‘ir» darajada tan jarohati yetkazganligi aniqlangan.
Holat yuzasidan Paxtaobod tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan fuqaro A.E., ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, inson hayoti va sog‘lig‘i har narsadan ustun. O‘z qo‘lingiz bilan kelajagingizga bolta urmang. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismining sanksiyasida «uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi», deb ko‘rsatilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter