Andijondagi konsert uchun Jahongir Poziljonov tanqidga uchradi
Ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Jahongir Poziljonov Andijon viloyati Paxtaobod tumanida konsert bergani va unda odamlar karantin qoidalariga umuman amal qilinmagani muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Poziljonov yangi yil bayrami munosabati bilan konsert bergan. Konsertga tuman aholisining katta qismi kelgan va tibbiy niqob taqmagan, oraliq masofa saqlamagan.
Tarmoq foydalanuvchilari xonandani va tuman rahbariyatini karantin qoidalarini buzishga sabab bo‘lganlikda ayblab, qattiq tanqid qilgan.
O‘zbekistonda epidemiologik vaziyat hamon jiddiyligicha qolmoqda. Ayniqsa, yangi omikron shtammining tez tarqalishi mutasaddilarning aholini yana bir marta ogohlantirishlariga sabab bo‘ldi.
Shuningdek, yaqinda yangi yil tadbirlarini uyda, oila davrasida o‘tkazish bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining qarori ham chiqqandi.
Qayd etish kerak, avvalroq mamlakatdagi epidemiologik vaziyat bir qator yirik forumlar va xorijiy qo‘shiqchilarning konsertlari tufayli yanada yomonlashib ketgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter