Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijondagi holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Andijondagi holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Foto: «Xabar.uz»

Andijonda bir guruh fuqaro zaharlanganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi (Sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yil 6 iyul holatiga shifoxonada jami 37 nafar bemor murojaat qilib, ularning 17 nafari davolanayotgani, qolgan 20 nafari umumiy holatiga ko‘ra tibbiy kuzatuvga olingani xabar qilingandi. Bemorlarga «o‘tkir gastroenterit» tashxisi qo‘yilgan.

Kasallikka sabab bo‘lgan «FRESH FOOD 2020» oilaviy korxonasiga qarashli 3 ta shoxobcha faoliyati shu kunning o‘zida vaqtinchalik to‘xtatilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring