Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda zaxiraga jamg‘arilgan kartoshka talon-toroj qilindi

Andijonda zaxiraga jamg‘arilgan kartoshka talon-toroj qilindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon tuman bo‘limi tomonidan «Agrobank» ATB Andijon viloyati filiali va Andijon tuman hokimligining murojaatlariga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.

Unga ko‘ra, Andijon tumanidagi «Kuygan-yor dehqon bozori» MChJ rahbari U.X. va boshqalar qish-bahor mavsumida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxira qilish maqsadida «Agrobank» ATB Andijon filiali tomonidan ajratilgan kredit mablag‘i hisobidan xarid qilingan 646,6 mln so‘mlik 149 tonna kartoshkani sotib yuborib, sotuvdan tushgan pullarni kredit qarzdorligini so‘ndirishga yo‘naltirilmasdan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan U.X. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring