Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda yigit qimor sabab qo‘shnisini o‘ldirdi (video)

Andijonda yigit qimor sabab qo‘shnisini o‘ldirdi (video)

Andijon viloyati Izboskan tumanida yashovchi yigit qimorda yutgan pulini bermagan qo‘shnisini o‘ldirib, uyiga ko‘mib qo‘ygan. Bu haqda «Bir jinoyat izidan» ko‘rsatuvida ma’lum qilindi.  

Qayd etilishicha, 2020 yil 22 dekabr kuni taxminan soat 20:00 larda tumanning Beshmirza mahallasida yashovchi 1991 yilda tug‘ilgan Murodjon Ergashev uyidan chiqib ketib, qaytib kelmagan. Bu haqida 26 dekabr kuni Izboskan tumani IIBga xabar qilingan. 

Olib borilgan surishtiruvlarda, u o‘sha kuni uyi yonidagi do‘kondan chiqib, qo‘shnisi, uzoq qarindoshi 1994 yilda tug‘ilgan Abdurahmon Komilovning uyiga borgani aniqlangan.

Ular qimor o‘yinini odat qilishgan. Murodjon Ergashev Abdurahmon Komilovdan qimorda pul yutqazib qo‘yib, to‘liq qaytarmagani sababli o‘zaro janjallar yuzaga kelgan. 

22 dekabr kuni tashqarida janjallashishgach, yigitlar uyga kiradi. Shunda Abdurahmon Murodjonni tosh bilan bir necha marta uradi, yelkasiga bir necha marta pichoq tiqib olib, qasddan o‘ldiradi va hojatxona yaqinidagi chuqurga tashlab, ko‘mib yuboradi.

Qotil oradan 35 kundan keyin aybiga iqror bo‘lib, ichki ishlar xodimlariga marhumni ko‘mgan joyini ko‘rsatadi.

Sud hukmiga ko‘ra, qotil yigit 14 yilu, olti oyga ozodlikdan mahrum qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring