Andijonda xorijga 40 ming dollar olib chiqmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Andijon viloyati bojxona boshqarmasining «Do‘stlik» chegara bojxona postida 1 sutkada 66 ming 500 AQSh dollarini olib chiqishga bo‘lgan urinishlar fosh qilindi.
Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
2022-yil 18-iyul kuni ushbu post orqali harakatlangan qo‘shni davlat fuqarolarining 2 nafari 8500 AQSh dollaridan jami 17 000 AQSh dollarini, 1 nafari 9500 AQSh dollarini va yana 1 nafari 40 000 AQSh dollarini olib chiqishga uringan vaqtida to‘xtatib qolindi.
Barcha holatlarda ushbu shaxslar o‘zlariga tegishli bo‘lmagan naqd xorijiy valyutalarni ma’lum bir haq evaziga o‘tkazib bermoqchi bo‘lishgan.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter