Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda videosi tarqalgan YPX xodimi ishdan olindi

Andijonda videosi tarqalgan YPX xodimi ishdan olindi

Ijtimoiy tarmoqda «YPX xodimi haydovchiga qo‘pol muomalada bo‘ldi» izohi bilan tarqalgan video yuzasidan Andijon viloyati IIB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazildi.

«2021 yil 27 noyabr kuni xizmat mobaynida, haydovchi bilan o‘zaro muloqot davomida og‘ir-vazmin bo‘lmasdan, mulohaza bilan ish olib borish o‘rniga, fuqaroga baland ovozda, qo‘pol munosabatda bo‘lib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 975-son qarori bilan tasdiqlangan «Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risida»gi Nizom hamda Ichki ishlar vazirining ayrim me’yoriy buyrug‘i talablarini buzganligi uchun Andijon viloyati IIB YHXB xodimi B.Badinov egallab turgan lavozimidan ozod etilishi bo‘yicha xulosa qilindi», deyiladi YHXBB xabarida.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring