Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda «Umra» ziyoratini tashkil etish huquqiga ega firmalar nomi ochiqlandi

Andijonda «Umra» ziyoratini tashkil etish huquqiga ega firmalar nomi ochiqlandi

Vazirlar Mahkamasining «Umra» tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishda ziyoratchilarning manfaatlarini samarali himoya qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori joriy yilning noyabr oyidan boshlab kuchga kirgandi.

Ushbu qarorga ko‘ra, belgilangan yangi norma talablari asosida faqatgina viloyat turizm boshqarmasi tomonidan beriladigan tegishli litsenziyaga ega turoperator «Umra» tadbirini tashkil etish va o‘tkazishga oid xizmatlarni ko‘rsatish huquqiga ega sanaladi, deyiladi viloyat hokimligi matbuot xizmati xabarida.

10 noyabr 2023 yil holatiga ko‘ra Andijon viloyatida quyidagi turoperatorlargina «Umra» tadbirini tashkil etish bo‘yicha bo‘yicha litsenziyaga ega:

  1. «Rixos tour» MChJ Andijon viloyat filiali;
  2. «MG Tour» MChJ;
  3. «Sultan travel 2022» MChJ;
  4. «Salaam» MChJ.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 1 noyabridan e’tiboran kuchga kirgan yangi norma talablariga ko‘ra, tegishli litsenziyaga ega bo‘lmagan turoperatorlarga «Umra» tadbirini tashkil etish huquqi berilmaydi.

Tegishli litsenziyasiz faoliyatni tashkil etish amaldagi qonun xujjatlariga ko‘ra huquqiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Shu munosabat bilan, fuqarolarga tegishli litsenziyaga ega turoperatorlar xizmatidan foydalanish tavsiya etiladi, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring