Bosh prokuratura to‘rtinchi qavatdan tushib ketgan ayol bo‘yicha bayonot berdi

Andijon davlat universitetining «Tarix binosi»ning to‘rtinchi qavatidan ayol kishi tushib ketganligi haqida xabar berilgandi.
Bosh prokuratura matbuot xizmati hodisa yuzasidan ma’lumot berdi.
4-dekabr kuni 28 yoshli ayol bir talabaning oila a’zosi sifatida ta’mirlash ishlari amalga oshirilayotgan «Tarix» fakultetining binosida bo‘lib o‘tadigan ota-onalar majlisiga kelgan.
Shunda u binoning 4-qavatida uyali aloqa telefon apparatidan foydalanib, ehtiyotsizligi oqibatida zinalarning to‘siqlari bo‘lmaganligi sababli zinapoyadan pastga yiqilgan va og‘ir tan jarohati olgan.
Olib borilgan tekshirish harakatlari davomida ushbu binoda ta’mirlash ishlarini olib borayotgan «S.Haus» MChJ ishchilari tomonidan zinapoyalarning to‘siqlari olib tashlanib, qurilish ishlari amalga oshirilayotganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan «S.Haus» MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda Andijon shaxar IIOFMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter