Andijonda «soxta operator» qo‘lga olindi
Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumanida yashovchi 38 yoshli (ayol) H.G. IIOga murojaat qilib, uning nomiga noma’lum sabablarga ko‘ra onlayn kredit rasmiylashtirilganini ma’lum qilgan.
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Andijon viloyati, Marhamat tumanida yashovchi 25 yoshli O.X. sodir etganligi aniqlandi.
Unga ko‘ra, O.X., jabrlanuvchi (ayol) H.Gga qo‘ng‘iroq qilgan va o‘zini «Bank operatori» sifatida tanishtirib, «SMS» xabarnoma (soxta havola) yuborish orqali shaxsiy ma’lumotlarini qo‘lga kiritib, uning nomidan mobil ilova orqali ro‘yxatdan o‘tib, onlayn tarzda 40 mln. so‘m onlayn kredit rasmiylashtirib, o‘sha vaqtning o‘zida mazkur pullarni o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank plastik kartasiga o‘tkazib olgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, O.X.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter