Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda qulab tushish xavfi bor binoda o‘quvchilar ta’lim olmoqda (video)

Andijonda qulab tushish xavfi bor binoda o‘quvchilar ta’lim olmoqda (video)

Kadr: «Sevimli»

Andijon viloyati, Izboskan tumani 31-umumiy o‘rta ta’lim maktabinig birinchi o‘quv binosi 1933-yilda qurib bitkazilgan bo‘lib, u avariya holatida, ammo unda hamon o‘quvchilar ta’lim olmoqda. Bu haqda «Sevimli» telekanalining «Zamon» ko‘rsatuvida ma’lumot berildi.

Mazkur binodan o‘quv maqsadida foydalanish uchun talabga javob bermasligi 2012 yil 7 aprelda Andijon davlat qurilish-arxitektua inspeksiyasi tomonidan ma’lum qilingan. O‘quvchilar hamon talabga javob bermaydigan binoda  o‘qishmoqda, sport mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun ham sharoit yaratilmagan. Ammo shuncha vaqtdan beri biror bir amaliy chora ko‘rilmay kelgan.

— Mazkur maktabga yangi o‘quv binosi qurib berish joriy yildagi investitsiya rejalariga kiritilgan. Unga ko‘ra 31-umumiy o‘rta ta’lim maktabi uchun o‘quv binosi va sport zali qurib beriladi, — deya ma’lum qilgan Izboskan tumani xalq ta’limi bo‘limi mudiri Dilmurod Musulmonqulov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring