Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda qizni qutqarmoqchi bo‘lgan yigit cho‘kib ketdi

Andijonda qizni qutqarmoqchi bo‘lgan yigit cho‘kib ketdi

Andijonda suvga cho‘kayotgan tanish qizini qutqarmoqchi bo‘lgan yigit o‘zi kanalga oqib ketdi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar qildi.

Ta’kidlanishicha, 2023 yilning 5 may kuni soat 18:00larda Marhamat tumani, G‘.G‘ulom MFY, Yuksalish ko‘chasida yashagan 2003 yilda tug‘ilga Nishonboyev Aliyor Alijon o‘g‘li Marhamat tumani, Rohat MFY hududidan oqib o‘tuvchi Janubiy Farg‘ona kanaliga tushib ketib, oqib ketishi natijasida suvga cho‘kib vafot etgan.

Holat yuzasidan so‘ralgan guvohlarning ko‘rsatmasiga ko‘ra, Nishonboyev Aliyor Alijon o‘g‘li Marhamat tumani O‘zbekiston mahallasida yashovchi o‘ziga avvaldan tanish bo‘lgan G.Xo‘jamberdiyevani suvga tushib ketgani sababli qutqarish maqsadida suvga tushganligi atrofdagi odamlar tomonidan G.Xo‘jamberdiyeva qutqarib qolingani ma’lum bo‘lgan.

A.Nishonboyevning jasadi 2023 yil 8 may soat 11:30larda Janubiy Farg‘ona kanalining Marhamat tumani, Polvontosh MFY hududidan oqib o‘tuvchi qismidan topilgan.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring