Andijonda novvos o‘g‘irlagan mahalladoshlar

2020-yil 26-sentyabrdan 27-sentyabrga o‘tar kechasi noma’lum shaxslar Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani, Tadbirkor MFYda yashovchi fuqaro J.Sh.ning hovlisiga kirish eshigi ochiq qolganligidan foydalanib, molxonasidan umumiy qiymati 12 million so‘m bo‘lgan jami 2 bosh novvosni o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashirinishgan.
Mazkur holat yuzasidan Ko‘rg‘ontepa tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergovga kirishilgan, deya xabar berdi Andijon viloyati IIB Axborot xizmati.
Qo‘rg‘ontepa tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv ishlari natijasida, o‘g‘irlik sodir etgan noma’lum shaxslar qo‘lga olindi. Ular 2 bosh novvos egasining mahalladoshlari J.Sh va B.K.lar bo‘lib chiqdi.
J.Sh va B.K.lar ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, ularga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter