Andijonda muhtoj oilalarga ajratilgan 82,2 mln. so‘m talon-toroj qilindi
Andijonning Shahrixon tumanidagi «Yakka tut» MFY mansabdorlari 82,2 mln. so‘m budjet mablag‘larini talon-toroj qilganliklari aniqlandi. Bu haqda «Xabar.uzga Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, mahalla oqsoqoli va boshqalar kam ta’minlangan oilalar toifasiga kirmaydigan 51 nafar fuqaroga asossiz ravishda moddiy yordam pullari to‘lab berilishi oqibatida haqiqiy muhtojlarga berilishi kerak bo‘lgan mablag‘lar «egasini tanib» ketgan, go‘yo. Bunday «mehribonlik»ning tagida shunchaki e’tiborsizlik yotibdimi yoki boshqa sabablarmi — tergovda aniqlanadi. Chunki, holat bo‘yicha o‘zlashtirish va mansab vakolatini suiiste’mol qilish alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari boshlab yuborilgani aytiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter