Andijonda maymun chechagi qayd etilgani bo‘yicha xabar tarqaldi
12-iyun kuni ijtimoiy tarmoqda Andijon viloyati Asaka tumanida bemorda toshmalar toshganligi, bu dunyo bo‘yicha tarqalayotgan maymun chechagi bo‘lishi mumkinligi bo‘yicha xabarlar paydo bo‘lgan.
Andijon viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i rahbarligida malakali mutaxassislar: infeksionist, toksikolog, terapevt, koj-venerolog, allergolog va boshqa bir nechta mutaxassislar ishtirokida bevosita bemorning o‘zi ko‘rikdan o‘tkazildi, xabarlar asossiz ekanligi tasdiqlandi.
Bemor, X.Yu. 1973-yilda tug‘ilgan, Asaka tumanida yashaydi.
2022-yil 12-iyun kuni soat 11-07da RShTYoIM Andijon filiali Toksikologiya bo‘limiga «Badaniga toshmalar toshish, tana harororati ko‘tarilishi, nafas bo‘g‘ilishi, bezovtalik, o‘ta holsizlik» shikoyati bilan yotqizilgan.
Bemor «Yuqori nafas yo‘llari yallig‘lanishi va bo‘yin limfa tugunlari kattalashish» tashxisi bilan 3 kun uyida davolangan, davolanish davrida bemor turli dori-vositalari: in’yeksiyalarni qabul qilgan.
Bemorda 2 kun davomida badanlarida asta-sekin toshmalar paydo bo‘lib, og‘iz ichiga ham toshmalar toshgan, toshmalar boshlangan davrda Asaka tuman tibbiyot birlashmasi yuqumli kasalliklar bo‘limiga murojaat qilgan va bo‘limda 1 kun davomida davolangan. Ijobiy o‘zgarishlar sezilarli darajada bo‘lmaganligi sababli Respublika Shoshilinch Tibbiy yordamida ilmiy markazi Andijon filialiga yuborilgan, muolajalar natijasida umumiy holatida yaxshilanish kuzatildi, reanimatsiya choralari shart emasligi uchun u oddiy palatada davolanishni davom ettirmoqda.
Bemorga dori moddalarga allergik reaksiya - (Sindrom Layella) tashxisi qo‘yildi.
Avvalroq, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati o‘tkazgan matbuot anjumanida kasallikka qarshi ko‘rilayotgan choralar ma’lum qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter