Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda maktabga o‘quvchilar nega oyoqyalang kirgizilgani sababi ma’lum bo‘ldi

Andijonda maktabga o‘quvchilar nega oyoqyalang kirgizilgani sababi ma’lum bo‘ldi

Bugun, 8-sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda «Paxtaobod tumani 38-umumta’lim maktabida o‘quvchilar oyoqyalang kirgizilmoqda» degan xabarlar tarqaldi. Andijon viloyati xalq ta’limi boshqarmasi xabarga rasmiy munosabat bildirdi.

Ta’kidlanishicha, mazkur holat Paxtaobod tumanidagi 38-umumta’lim maktabida sodir bo‘lgan. Maktab 310 o‘rinli bo‘lib, bu sig‘im hududda istiqomat qiluvchi maktab yoshidagi bolalarni ta’lim bilan to‘liq qamrab olish talabiga javob berolmay qolganligi sababli, maktabga investitsiya dasturi asosida 300 o‘rinli qo‘shimcha bino qurilgan.

Maktab rahbariyati maktab binosini toza va ozoda saqlash maqsadida, alohida oyoq kiyim kiyish tajribasini ilgari surgan: o‘quvchilar sinfxonalaridagi oyoq kiyimlari kiyilgunga qadar yo‘lakda yurgan vaqtlaridagi tasvirlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.

«O‘quvchilarning oyoq kiyimlarini almashtirilgunga qadar yo‘lakda yurganligi, ushbu tashabbusning ta’lim sifatiga umuman ta’siri yo‘q ekanligi, qolaversa, o‘quvchilar uchun noqulaylik keltirib chiqishiga sabab bo‘lganligini inobatga olgan holda Andijon viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining 2022-yil 8-sentyabrdagi buyrug‘iga asosan maktab direktori O.X. hamda Paxtaobod tumani xalq ta’limi bo‘limi mudirining 2022-yil 8-sentyabrdagi buyrug‘iga asosan maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktori o‘rinbosari M.B.larga intizomiy chora qo‘llanildi», deyiladi rasmiy munosabatda.

Maktab ma’muriyatiga ta’limga aloqador bo‘lmagan «tashabbus»larni ilgari surmasliklari, ta’lim jarayonlari Xalq ta’limi vazirligi va qonunchilikda belgilangan tartib-qoidalar asosida olib borilishi va mana shunday holatga takroran yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan qat’iy ogohlantirishlar berilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring