Andijonda «Karantin COVID-19» maxsus ruxsatnomasini qalbakilashtirilganlar aniqlandi
Andijonda «Karantin COVID-19» maxsus ruhsatnomasini qalbakilashtirish bilan shug‘ullanayotgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati ma’lum qildi.
Aytilishicha, fuqaro A.Sh yaqin qarindoshi A.Z bilan Andijon shahri, Chinobod ko‘chasidagi yashash xonadonida «Karantin COVID-19» maxsus ruxsatnomasini rangli printer yordamida tayyorlab, 100 000 so‘m evaziga tanishi A.U ga berganligi va u esa mazkur qalbaki hujjatdan foydalangan holda o‘ziga tegishli «Damas» rusumli avtomashinasida shahar hududida harakatlanib yurganligi aniqlandi.
Shuningdek, tezkor tadbir davomida A.Sh.ning uyida soxta yana 7 dona «Karantin COVID-19» maxsus ruxsatnomasi, eski turdagi haydovchilik guvohnomalari va tallonlari, notarius tomonidan berilgan ishonchnomalar tayyorlaganligi ma’lum bo‘lgan va ular bayonnoma orqali ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Oltinko‘l tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan JK (Jinoyat kodeksi) bir necha moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, A.Sh va A.Z.larga nisbatan «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qo‘llanishi bo‘yicha chora tadbirlar belgilandi.
Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter