Andijonda 24 yashar qiz qo‘shnisining o‘limiga sababchi bo‘ldi

2019-yil 12-iyul kuni Andijon viloyatining Ulug‘nor tumani Yangiobod MFYda yashovchi bo‘lgan 49 yoshli R.A. qo‘shnisi 33 yoshli Q.J. bilan o‘zaro janjallashgan.Ularning ikkovi ham mast holatda bo‘lgan. Janjal vaqtida R.A.ning birga yashovchi 24 yoshli qizi M.I. otasini himoya qilish maqsadida Q.J.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Natijada Q.J. o‘z uyida vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, M.I. ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter