Andijonda yer silkinishi sezildi

Bugun, 17 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 16:17 da (17.11.2021 yil, Grinvich bo‘yicha 11:17 da) Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Zilzila koordinatalari: 41,1 gradus shimoliy kenglik; 73,03 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,6. Chuqurlik 10 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 320 km janubiy-sharqda.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
- Xonobod tumanida 3-4 ball, 32 km.
- Qo‘rg‘ontepa tumanida 3 ball, 40 km.
- Jalaquduq tumanida 3 ball, 53 km.
- Paxtaobod tumanida 3 ball, 54 km.
- Andijon tumanida 2-3 ball, 58 km.
- Xo‘jaobod tumanida 2-3 ball, 64 km.
- Andijon shahrida 2-3 ball, 67 km.
- Izboskan tumanida 2-3 ball, 68 km.
- Buloqboshi tumanida 2-3 ball, 72 km.
- Uchqo‘rg‘on tumanida 2 ball, 77 km.
- Oltinko‘l tumanida 2 ball, 80 km.
- Asaka tumanida 2 ball, 83 km.
- Norin tumanida 2 ball, 88 km.
- Marhamat tumanida 2 ball, 89 km.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter