Andijonda daydi itlar yoppasiga qirib tashlanmoqda (foto)

Andijon viloyati Izboskan tumanida obodonlashtirish boshqarmasi hodimlari daydi itlarni yoppasiga otib o‘ldirgani aytilmoqda. Bu haqda ekologiya oid masalalarni yorituvchi «Ekologuz» Telegram kanali xabar berdi.
Aytilishicha, Lug‘umbek qishlog‘i Madaniyat va istirohat bog‘ida tuman obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan daydi itlar yoppasiga otib o‘ldirilgan. Ba’zi itlarning bolalari ham bo‘lgani aytilgan.

Qayd etilishicha, otib o‘ldirgan itlarning jasadlari jamoat joyiga tashlab ketilgan.
Avvalroq, Asaka tumanida noma’lum yirtqich paydo bo‘lgani va qo‘ylar, tovuq-o‘rdaklar va mollarni bo‘g‘izlab, qonini so‘rib, tashlab ketayotgani xabar berilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter