Andijonda 84 yoshli onaxon koronavirusdan tuzaldi
![Andijonda 84 yoshli onaxon koronavirusdan tuzaldi](https://static.xabaruz.com/crop/2/8/720_460_95_2869245747.jpg)
Andijon viloyatida 18 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘aydi, deya ma’lum qildi SSV matbuot xizmati.
Sog‘ayganlarning 5 nafari erkak, 13 nafari ayollar bo‘lib, barchasi Andijon viloyatidan. Ular koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olgan. E’tiborli jihati, tuzalganlar orasida 84 yoshli onaxon va 2 yoshli bola ham bor. Samarali davolash muolajalaridan keyin so‘nggi tekshiruv natijalari ularda infeksiya yo‘qligini ko‘rsatdi.
Viloyatda shu paytga qadar 88 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 106 nafarga yetdi.
Shunday qilib, bugun ayni paytga qadar 30 nafar bemor tuzalib, ayni paytda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 1126 nafarga yetdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter