Andijonda 2 yoshli qizchani mashina urib ketdi, bola komada

27-iyul kuni Andijon viloyati, Izboskan tumani, Jonobod qishlog‘ida 32 yoshli A. ismli fuqaro o‘zining «Neksiya-2» mashinasida yo‘l bo‘yida o‘ynab yurgan 2 yoshli qizchani urib yuborgan.
Qizcha boshidan qattiq lat yegani uchun miyasiga qon quyilgan. Uni zudlik bilan tuman markazi Poytug‘dagi shoshilinch tibbiy yordam markaziga olib borishgan. Qizcha hozir komada yotibdi.
«Ko‘chamiz o‘zi tor bo‘lsa, qanaqasiga bu yerda shunaqa tezlikda mashina haydash mumkin?», deya alam aralash hayrat bilan gapiradi qizchaning otasi.
Ma’lum bo‘lishicha, shifokorlar bolaning sog‘ligi haqida hozircha tayinli gap aytishmagan
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter