Andijonda 18 yoshli yigit kaltaklanib, kanalga tashlab yuborilgan bo‘lishi mumkin

Ijtimoiy tarmoqda Baliqchi tumanida 2003 va 1996 yilda tug‘ilgan ikki yigit qiz sababli o‘zaro janjallashib qolgan. Unashtirilgan qizi 2003 yilda tug‘ilgan yigit bilan oldin ham, unashtiruvdan keyin ham uchrashib yurganini bilgan 26 yoshli yigit, o‘sha bolani urib, kanalga tashlab yuborgani haqidagi xabar tarqaldi. Holat bo‘yicha Bosh prokuratura ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 5 noyabr kuni L.Z. yashash xonadonidan noma’lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan.
Mazkur holatda L.Z. qotillik qurboni bo‘lishi mumkinligini inobatga olib, ushbu vaziyatda kelgusida tergov yo‘li bilan tekshirib, aniqlik kiritish maqsadida joriy yilning 7 noyabr kuni JKning 97-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlarini o‘tkazish bilan bir qatorda, bedarak yo‘qolgan L.Z.ni topish yuzasidan barcha tezkor-qidiruv tadbirlari amalga oshirilmoqda. Tergov natijasi yuzasidan qo‘shimcha xabar qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter