Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda 13 yoshli bolani yuqori kuchlanishli tok urdi

Andijonda 13 yoshli bolani yuqori kuchlanishli tok urdi

Foto: IIV

24-iyun kuni soat 19:27 larda Andijon viloyati IIB TXTBga Paytug‘ temir yo‘l bekati boshlig‘i telefon orqali Paytug‘ bekatida vagon ustiga chiqqan fuqaroni yuqori kuchlanishli elektr toki urganligi haqida xabar berdi.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, bo‘sh vagonlar ustiga chiqqan, Izboskan tumani, Paytug‘ shahar, «A.Temur» MFYda yashovchi, 2008 y.t. voyaga yetmagan Ch.T. ekanligi, va uni o‘z ehtiyotsizligi oqibatida yuqori kuchlanishli elektr toki urganligi aniqlangan.

Ch.T.ga zudlik bilan birinchi yordam ko‘rsatilib, Paytug‘ tuman tez tibbiy yordam markazining jonlantirish bo‘limiga yotqizilganligi ma’lum qilingan.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring