Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda 10 000 AQSh dollari undirmoqchi bo‘lgan «kadastr» xodimi ushlandi

Andijonda 10 000 AQSh dollari undirmoqchi bo‘lgan «kadastr» xodimi ushlandi

Foto: Xabar.uz

Andijonda fermerdan 10 ming AQSh dollari undirmoqchi bo‘lgan «kadastr» xodimi qo‘lga olindi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Xo‘jaobod tumani «Yer-mulk kadastri davlat korxonasi» mutaxassisi J.I. mahalliy fermer foydalanuvidagi yer maydonining 10 gektarini uning turmush o‘rtog‘i nomiga bog‘dorchilik yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatishi uchun hokim qarorini chiqartirib berish evaziga 10 ming AQSh dollari so‘ragan.  Fermer avvaliga «ko‘nglidan chiqarib», ming AQSh dollari beradi. Biroq «kadastr» xodimi «stavka»ni  tushmaydi.  Natijada fermer tegishli organga murojaat qilishga majbur bo‘ladi.

Kuni kecha Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi hamda DXX  bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda J.I. fermer xo‘jaligi dala shiyponida o‘zi talab qilgan 9000 AQSh dollaridan 7800 AQSh dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalil bilan qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring