Andijon viloyatining sobiq hokimi vafot etdi

Andijon viloyatining sobiq hokimi Saydullo Begaliyev 17-dekabr kuni 67 yoshida vafot etdi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.
Ma’lumot uchun, Saydullo Begaliyev 1954-yilda Oltinko‘l tumanida tug‘ilgan. 1979-yilda Farg‘ona politexnika institutini tugatgan. Turli yillarda Oltinko‘l tumanidagi qurilish tashkilotlarida turli vazifalarda, tuman ijroiya qo‘mitasi raisining qurilish ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, Andijon viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘ining qurilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
1993-yildan 2001-yilgacha Izboskan tumani hokimi, 2001—2003-yillarda qishloq va suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari, 2003-yilda Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari, 2003–2004-yillarda qishloq va suv xo‘jaligi vaziri vazifalarida ishlagan.
Saydullo Begaliyev 2004-yilning 25 mayidan 2006-yilning 13 oktyabriga qadar Andijon viloyatini boshqargan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter