Andijon viloyatida ilk sanatoriy ochildi (foto)
Xonobod shahrida Andijon viloyatidagi ilk sihatgoh ochildi. «Xonobod» sanatoriyasining tantanali ochilishida hukumat, hokimlik va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. Bu haqda «Xabar.uz» portaliga «GM Uzbekistan» kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tegishli topshiriqlariga asosan barpo etilgan sanatoriyani eng so‘nggi zamonaviy tibbiyot uskunalar bilan jihozlashda «GM Uzbekistan» kompaniyasi barcha zaruriy ishlarni amalga oshirdi.
Sihatgoh dengiz sathidan 850 metr balandlikda joylashgan bo‘lib, u o‘zining kislorod bilan to‘yingan ionlashtirilgan havosi bilan yuqori va quyi nafas organlari, harakat-tayanch, asab tizimi kasalliklarini davolashga ixtisoslashgan.
Sihatgoh hududi 10,5 gektarni tashkil qilib barcha korpuslar bog‘ hududida joylashgan hamda manzarali daraxtlar, archalar va gullar bilan o‘ralgan. Sihatgohda zamonaviy sport maydonlari, suv havzalari, wi-fi internet va bolalar maydonchalari dam oluvchilarning maroqli xordiq chiqarishlari uchun xizmat qiladi.
Mazkur zamonaviy inshootning barpo etilishida 800 nafar quruvchi va ishchi xodimlar xizmat qildi.
Sihatgoh ochilishi mahalliy aholiga ishchi o‘rinlari yaratishda ham muhim ahamiyat kasb etdi. Sihatgoh bir vaqtning o‘zida 200 nafar kishini qabul qilish imkoniga ega bo‘lib, ularga majmuaning 130 dan ortiq xodim barcha zaruriy xizmatlarni ko‘rsatadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter