Andijon viloyatida yer silkinishi kuzatildi

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra, Toshkent vaqti bilan 17:18 da (20.05.2022-yil, Grinvich bo‘yicha 12:18 da) O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida zilzila sodir bo‘ldi.
Zilzila koordinatalari: 40,51 gradus shimoliy kenglik; 72,4 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,4. Chuqurlik 15 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 280 km janubiy-sharqda.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
Marhamat tumanida 2 ball, 9 km.
Buloqboshi tumanida 2 ball, 12 km.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter