Komiljon Komilov Andijon viloyati hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi

Andijon viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib Komilov Komiljon Sobirovich tayinlandi.
Komiljon Komilov 1980 yilda Oltinko‘l tumanida tug‘ilgan. 2000 yilda Andijon qishloq xo‘jaligi institutini hamda 2002 yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini o‘qituvchilikdan boshlab, ta’lim sohasida bir qancha rahbar lavozimlarida ishlagan.
Ushbu lavozimiga tayinlanguniga qadar Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari instituti rektori lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter