Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijon tumaniga yangi hokim tayinlandi

Andijon tumaniga yangi hokim tayinlandi

Bugun, 25-oktyabr kuni Xalq deputatlari Andijon tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya yakunlari bo‘yicha Andijon tumaniga yangi hokimi tayinlandi va unga ko‘ra endilikda mazkur lavozimda Mamatkarimov Baxtiyor Rustamovich ish olib boradi.

Baxtiyor Mamatkarimov tayinlovga qadar u «O‘ztransgaz» AJ boshqaruvi raisining moliya va marketing bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, tumanning sobiq hokimi «O‘zbekistonni butun dunyoga sharmanda qilish»da ayblanib lavozimidan olingan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring