Andijon hokimi o‘rinbosari ishdan ketdi. Uning o‘zi ariza yozgani aytilmoqda

Andijon viloyati hokimligi viloyat hokimining o‘rinbosari Manzuraxon Yunusova ishdan ketganini tasdiqladi.
«M.P.Yunusova 2020-yilga qadar Andijon viloyati hokimining o‘rinbosari, Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan. Hozirgi kunda o‘z arizasiga binoan vazifasidan ozod etildi.
Davlatimiz tomonidan ta’lim yo‘nalishiga berilayotgan e’tiborni inobatga olib Siyosiy fanlar nomzodi M.P.Yunusova keyingi faoliyatini ta’lim tizimida olib boradi», deyiladi hokimlik matbuot xizmati xabarida.
Eslatib o‘tamiz, Manzuraxon Yunusova uzoq yillar davomida Andijon viloyati hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelgan. Shu yilning fevralida esa u Andijon viloyati hokimining o‘rinbosari, Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter