Amirsaid A’zamxo‘jayev O‘zbekistonning Polshadagi elchisi etib tayinlandi
O‘zbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor elchisi Amirsaid A’zamxo‘jayev kecha Polsha poytaxtiga yetib bordi.
Bu haqda «Dunyo» AA xabar bermoqda.
U shu paytga qadar TIVning Konsullik-huquqiy departamentida, O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulligi konsuli bo‘lib ishlagan, 2020-yildan beri esa Bosh konsullikka rahbarlik qilgan.
Amirsaid A’zamxo‘jayev 2015-yildan boshlab O‘zbekistonning Polshadagi Muvaqqat ishlar vakili va 2019-yildan Favqulodda va Muxtor elchi vazifasida ishlagan Bahrom Boboyev o‘rniga tayinlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter