Amir Temur xiyobonida ikki kishi kaltaklangani tasdiqlandi
Toshkent shahar IIBB 31 mart kuni o‘tgan yakshanba shahar markazidagi tartibsizliklar paytida ikki yigit kaltaklanganini tasdiqlovchi videoni e’lon qildi, deb xabar bermoqda Gazeta.uz.
Yakshanba kuni berilgan hisobotda huquq-tartibot idoralari xodimlari janjalga aralashib, yoshlarni himoya qilishlari, ularning yaralanishlariga yo‘l qo‘ymaganliklari aytilgan edi.
Boshqarma yangi videoda shu kunning o‘zida tartibsizliklarda ishtirok etib, ikki fuqaroga jarohat yetkazganlar tergov harakatlariga jalb qilinganligini ta’kidlamoqda.
IIBB xabariga ko‘ra, 25−30 kishi LGBT tarafdorlarining rejalashtirilgan yig‘ilishi to‘g‘risida bilib, ularga qarshi chiqishga kelishib, Amir Temur maydoniga yig‘ilgan.
Ular ko‘chadan o‘tib ketayotgan ikki yosh — o‘g‘il va qizni LGBT tarafdorlari deb o‘ylab, ularga tan jarohati yetkazishgan.
Hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi «Bezorilik» bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. «Tergov natijalariga ko‘ra, huquqiy baho beriladi», — deyiladi IIBB xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter