Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amir Temur xiyobonida videosi tarqalgan shaxslar 15 sutkaga qamaldi

Amir Temur xiyobonida videosi tarqalgan shaxslar 15 sutkaga qamaldi

Videodan lavha

Amir Temur xiyobonida mast holatda noo‘rin xatti-harakatlar sodir etgan ikki fuqaroning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoyozuvi yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi.

Qayd etilishicha, huquqbuzarlar: A. I. (1989-yil Toshkent viloyatida tug‘ilgan) va S. M. (1991-yil Toshkent viloyatida tug‘ilgan) 2022-yil 17-may kuni soat 23:20 lar atrofida Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Amir Temur xiyobonida noo‘rin xatti-harakatlar sodir etgan.

Alkogolli ichimlik ta’siridan mast holda bo‘lgan bu ikki fuqaro jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi xatti-harakatlarda ifodalangan jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, IIO xodimlari e’tiborini tortgan. Natijada IIO xodimlari tomonidan shaxslariga aniqlik kiritish maqsadida ular IIB binosiga taklif etilgan. Biroq, jamoat tartibini buzayotgan bu ikki fuqaro IIO xodimlarini uyatli so‘zlar bilan haqoratlab, ularning qonuniy talablarini bajarishdan bosh tortgan.

Huquqbuzarlarga oid ma’muriy ish hujjatlari jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudining ish yurituviga 2022-yil 19-may kuni kelib tushgan. Shu kuni mazmunan ko‘rilib, ularning har ikkisiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik) va 194-moddasi 1-qismi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) bilan ushbu Kodeksning 34-moddasi tartibida 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Amir Temur xiyobonida avval ham bunga o‘xshash noxush holatlar bir emas, bir necha bor kuzatilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring