Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amerikaning «F-16» qiruvchi samolyoti Janubiy Koreyada halokatga uchradi – «Yonhap»

Amerikaning «F-16» qiruvchi samolyoti Janubiy Koreyada halokatga uchradi – «Yonhap»

«F-16» qiruvchi samolyoti

Foto: «Yonhap» agentligi

Janubiy Koreyada AQSh harbiy havo kuchlariga tegishli «F-16» qiruvchi uchog‘i mashg‘ulot chog‘ida halokatga uchradi, deb xabar bermoqda «Yonhap» agentligi.

Hodisa 11-dekabr, dushanba kuni Gunsan shahri yaqinida sodir bo‘lgan. «Yonhap»ning AQSh va Koreya harbiy tuzilmalaridagi manbalar halokatdan oldin uchuvchi katapulta qilishga ulgurganini bildirgan.

Ta’kidlash kerakki, Gunsan havo kuchlari bazasidan Janubiy va AQSh Harbiy-havo kuchlari birgalikda foydalanib keladi. Shu yilning may oyida ham «F-16» rusumidagi qiruvchi samolyot Janubiy Koreyadagi AQSh harbiy bazasi yaqinida o‘quv parvozi vaqtida halokatga uchragangandi.

Avvalroq Saudiya Arabistoni Harbiy-havo kuchlarining qiruvchi samolyoti mashg‘ulot chog‘ida halokatga uchragan, ekipajdagi ikki kishi halok bo‘lgandi.

17 noyabr kuni O‘zbekiston Qurolli Kuchlari Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligiga tegishli «Mi-8» vertolyoti «Kattaqo‘rg‘on» poligonida o‘quv parvozini amalga oshirayotganida halokatga uchragan, fojia oqibatida vertolyot ekipaji halok bo‘lgani ma’lum qilingandi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring