Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amerikaning Abrams tanklari Ukrainaga qachon yetib kelishi ma’lum bo‘ldi

Amerikaning Abrams tanklari Ukrainaga qachon yetib kelishi ma’lum bo‘ldi

Abrams tanklarining birinchi partiyasi Ukrainaga sentyabr oyi o‘rtalarida yetib keladi, deb yozadi Politico AQSh Mudofaa vazirligidagi manbasiga tayanib.

Nashrning ismi sir qolishini so‘ragan suhbatdoshlariga ko‘ra, birinchi partiyaga 10 ta tank kiritilgan. Ular Germaniyada va texnik xizmat ko‘rsatish hamda ta’mirlashdan o‘tmoqda. Jarayon yakunlanishi bilan zirhli mashinalar Ukrainaga jo‘natiladi.

Umuman olganda, AQSh Ukrainaga 31 ta Abrams tankini topshirishni rejalashtirmoqda. Ittifoqchilar 2023 yil kuzi oxirigacha Ukrainaga va’da qilingan barcha zirhli texnikalarni jo‘natishi kutilmoqda.

AQSh birinchi marta yanvar oyida Abrams tanklarini Ukrainaga topshirish rejasini e’lon qilgandi. May oyida Germaniyada Ukraina harbiylarini tanklarni boshqarish bo‘yicha o‘qitish boshlandi. Avgust oyi boshida AQSh rasmiylari Ukrainaga ushbu zirhli transport vositasini yetkazib berishni nihoyat rasman tasdiqlagandi.

Ukraina harbiylari allaqachon janglarda boshqa zamonaviy tanklardan - Germaniyada ishlab chiqarilgan Leopard’dan foydalanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring