Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amerikalik olimlar suvdan vodorod ajratib olishning samarali usulini yaratdi

Amerikalik olimlar suvdan vodorod ajratib olishning samarali usulini yaratdi

Laboratoriya sinovlaridan so‘ng, tadqiqotchilar keng ko‘lamli sinovlarni boshlab yuboradi.

Foto: «TASS»

Vashington shtati olimlari suvdan vodorod ajratib olishning tez va qimmat bo‘lmagan usulini yaratdi. Olimlar kimyoviy reaksiya o‘tkazish uchun nikel va temirdan iborat nanoko‘pik shaklidagi katalizatordan foydalanishni taklif qilmoqda, deb «TASS» xabar berdi.

Vodorod qayta tiklanuvchan energiya manbai hisoblanadi. U koinotda eng ko‘p tarqalgan kimyoviy element bo‘lishiga qaramasdan, deyarli sof holda uchramaydi. Vodorodni elektroliz jarayonida olish eng toza usul bo‘lib, buning uchun katalizatorlar — platina kabi Yerda kam uchraydigan metallar zarur. Katalizator va energiya sarfi sababli suv elektrolizi sanoat miqyosiga yetmagan.

Vashington shtati universiteti olimlar katalizator sifatida arzon va keng tarqalgan metallardan foydalangan. Suv bilan aloqaga kirishuvchi katta yuza hisobiga nikel va temirdan iborat nanoko‘pik ajralish reaksiyasini yuzaga keltiradi. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, bu material samarali ishlaydi va boshqa katalizatorlarga nisbatan kam energiya talab qiladi.

Ko‘p miqdordagi nanoko‘piklarni nisbatan tez ishlab chiqarish mumkin, tadqiqoqtchilar uning yaratilish jarayonini «keng ko‘lamli ishlab chiqarishda foydalansa bo‘ladigan tezkor usul» deya atadi.

Laboratoriya sinovlaridan so‘ng, tadqiqotchilar keng ko‘lamli sinovlarni boshlab yuboradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring