Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amerikalik marhum prezidentning bir tutam sochi 81 ming dollarga sotildi

Amerikalik marhum prezidentning bir tutam sochi 81 ming dollarga sotildi

Foto: «2000.ua»

Boston kimoshdi savdosida AQShning 16-prezidenti Avraam Linkolnning bir tutam sochi sotuvga qo‘yildi. Xaridor 81 ming dollar to‘lashga rozi bo‘lgan. Soch bilan birga siyosatchining o‘ldirilishi haqidagi telegrammani ham olgan, deb yozadi NPR nashri.

Ta’kidlanishicha, Linkolnning bir tutam sochi 75 ming dollarga auksionga qo‘yilgan, yakuniy qiymati esa 81 250 dollarni tashkil etgan. Uni kim sotib olgani haqida ma’lumot berilmagan.

Avraam Linkoln 1865-yil 14-aprel kuni Vashington Ford teatrida spektakl tomosha qilayotgan vaqtda boshiga o‘q tegib hayotdan ko‘z yumgan. Jinoyatni aktyor Jon Uilks But amalga oshirgan.

Shifokor prezident tanasini tekshirayotganda besh santimetr uzunlikdagi sochini kesib olgan va uni prezidentning o‘ldirilgani aytilgan telegrammaga joylagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring