Amerikalik ayol pul olish uchun buvisining jasadini 10 yil muzlatkichda saqlagan
Amerikalik ayol sug‘urta hisobidan pul olish uchun buvisining jasadini bir necha yil muzlatkichda saqlagan. Bu haqda «New York Post» xabar berdi.
61 yoshli Sintiya Blek 186 ming dollarni noqonuniy o‘zlashtirganlikda ayblanib hibsga olindi. U bu pulni qariyb 10 yil muqaddam vafot etgan buvisi Glenora Delaxeyning hisobidan yechib olgan.
Tergovchilar keksa ayolning qoldiqlarini Blekning uyiga qo‘shni uyda joylashgan muzlatkichdan topishgan. Shundan so‘ng u marhumning murdasini tahqirlaganlikda ham ayblangan.
Delaxeyning ijtimoiy sug‘urta hisobidan pul yechib olish tizimini qizi Glenora Volsinger va uning sherigi Glenn Blek boshlab berishgan. 2011-yilda u vafot etgach, Sintiya Blek onasining ishini davom ettirgan.
Shunga o‘xshash yana bir dahshatli voqea: 2018-yil mart oyida Fransiya sudi 38 yoshli Ramon Kanetni murdalarni yashirganlikda ayblagan: u 10 yil davomida oilasidan o‘zining yangi tug‘ilgan chaqaloqlarini muzlatkichda yashirib kelgan. Tibbiy ekspertiza xulosalariga ko‘ra, muzlatkichdagi go‘daklardan bittasi tirik qolishi mumkin edi. Qidiruv paytida politsiyachilar yana to‘rtta muzlatilgan jasadni topishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter