Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amerikadagi universitetlar nimada ayblanmoqda?

Amerikadagi universitetlar nimada ayblanmoqda?

Foto: «Fotolia»

AQSh Ta’lim vazirligi Garvard va Yel universitetlariga qarshi tekshiruv ishlarini boshladi: ular xorijiy davlatlardan olgan sovg‘a-salomlari va ular bilan tuzgan shartnomalari to‘g‘risida ma’lumot taqdim etmaganlikda ayblanmoqda.

2019-yil noyabrdagi xabarga ko‘ra, AQSh Ta’lim vazirligi Massachusets texnologik instituti va Merilend universitetidan Rossiya va Xitoy bilan shartnomalar to‘g‘risida ma’lumot taqdim etishni talab qilgandi.

«AQSh Ta’lim vazirligi bugun (chorshanba kuni — tahririyat) Garvard va Yel universitetlariga qarshi tekshiruv ishlarini boshlaganini ma’lum qiladi. «Plyushch ligasi»ning ikkala oliy ta’lim muassasasi ham xorijiy sovg‘a va shartnomalardan tushgan yuz millionlab dollarlar haqida ma’lumot taqdim etmagan», — deya xabar berdi vazirlik.

Vazirlik arizasiga ko‘ra, Yel universiteti qiymati 375 million dollarga teng xorijiy sovg‘a-salomlar va shartnomalar haqida xabar bermagan.

Garvard universitetiga kelsak, AQSh Ta’lim vazirligi undan «Xitoy, Qatar, Rossiya, Saudiya Arabistoni va Eron bilan tuzgan shartnomalari va sovg‘a-salomlari haqida» ma’lumot taqdim etishni talab qilgan. Boshqarma, jumladan, «Skolkovo» fondi, «Kasperskiy laboratoriyasi» va «Huawei» kompaniyasi bilan aloqalari haqida ma’lumot olishni xohlamoqda.

«RIA Novosti»ning yozishicha, vazirlik Garvard universiteti shartnoma va sovg‘a-salomlar haqida to‘liq ma’lumot taqdim etmaganlikdan xavotirda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring